
Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish tizimi
2019 йил 3-май ойида чиқарилган Соғлиқни сақлаш вазирлигининг «Ўзбекистон Республикаси Давлат фармакопеясини шакллантириш бўйича ишчи ва экспертлар гуруҳини ташкил этиш тўғрисида»ги 115-сон буйруғига асосан Давлат фармакопеясини ишлаб чиқиш тизими фаолият олиб бормоқда. Давлат фармакопеясини ишлаб чиқиш тизими ўз ичига Таҳририят ҳайъати, Таҳририят кенгаши, Давлат фармакопеяси котибияти, 11 та ихтисослашган эксперт комиссиялари ва уларнинг ишчи гуруҳларини қамраб олган. Умуман олганда, тизимнинг тегишли бўғинларига жами 200 га яқин фармацевтика ва унга алоқадор соҳаларда фаолият юритаётган атоқли олимлар ва юқори малакага эга мутахассислар жалб этилган.
Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish
agentligining 2019-yil 17-iyuldagi 24-son buyrug'i
O'zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini nashrga (qayta nashrga) tayyorlash
tizimi
Tahririyat Hay'ati
Tahririyat Kengashi
Ixtisoslashgan ekspert komissiyalar
1. Tadqiqotlarning fizikaviy usullari va analitik uskunalar bo'yicha ixtisoslashgan ekspert komissiyasi
2. Tadqiqotlarning fizikaviy-kimyoviy usullari bo'yicha ixtisoslashgan ekspert komissiyasi
3. Dori vositalarini chinligi va miqdorini aniqlash sinovlari bo'yicha ixtisoslashgan ekspert komissiyasi
4. Biologik faollikni aniqlash usullari bo'yicha ixtisoslashgan ekspert komissiyasi
5. Biologik preparatlar va mikrobiologik tadqiqotlar bo'yicha ixtisoslashgan ekspert komissiyasi
6. Reaktivlar va analitik eritmalar bo'yicha ixtisoslashgan ekspert komissiyasi
7. Tibbiy buyumlar va qadoqlov materiallari bo'yicha ixtisoslashgan ekspert komissiyasi
8. Farmatsevtik tadqiqotlar bo'yicha ixtisoslashgan ekspert komissiyasi
9. Farmatsevtik-texnologiya tadqiqotlari bo'yicha ixtisoslashgan ekspert komissiyasi
10. Farmakognoziya tadqiqotlari bo'yicha ixtisoslashgan ekspert komissiyasi
11. Statistik tahlil va natijalarni matematik qayta ishlashning boshqa usullari bo'yicha ixtisoslashgan ekspert komissiyasi
Ilmiy tadqiqot institutlari. Oliy ta'lim muassasalari
Farmatsevtika va boshqa turdosh ishlab chiqarish korxonalari






