Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish tarixi

Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish tarixi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi farmatsevtika sohasidagi sifatni nazorat qilish, standartlashtirish va muvofiqlikni taʼminlashga qaratilgan qonunchilik bazasiga asoslanadi. Ushbu hujjatlar Davlat farmakopeyasini shakllantirish, uning qonunchilik asoslarini belgilash va zamonaviy talablarga mos holda rivojlantirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.

Uzbekistan Republic Laws

1

2016-yilning 4-yanvarda qabul qilingan "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida"gi OʻRQ-399-son Qonunining 8-moddasi Davlat farmakopeyasiga bagʻishlangan boʻlib, unda muvofiq Davlat farmakopeyasi dori vositalariga va tibbiy buyumlarga doir talablarni, umumiy farmakopeya maqolalarini, farmakopeya maqolalarini, dori vositalarining va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilish usullarini oʻz ichiga olgan hujjatlar toʻplami boʻlgan rasmiy nashrdir.

State Pharmacopoeia Law

2

2019-yilning 10-aprelida qabul qilingan "2019 - 2021-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-5707-son Farmoniga muvofiq, farmatsevtika mahsulotlarining sifati va ularning sifatini nazorat qilish usullariga qoʻyiladigan zamonaviy xalqaro talablarni hisobga olgan holda Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifalari topshirilgan.

Pharmaceutical Measures Table

3

2019-yil 3-may oyida chiqarilgan Sogʻliqni saqlash vazirligining «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini shakllantirish boʻyicha ishchi va ekspertlar guruhini tashkil etish toʻgʻrisida» 115-son buyrugʻiga asosan Davlat farmakopeyasini shakllantirish boʻyicha ishchi va ekspertlar guruhlarini faoliyatini tashkil etish vazifasi topshirilgan.

4

Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning vakolatli boʻlimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida"gi Qonuniga asosan belgilangan vakolatlar va vazifalar doirasida Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish tizimi yaratilganidan boshlab oʻtgan vaqt davomida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish boʻyicha 20 dan ortiq buyruqlar asosida muntazam ravishda muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirib kelinmoqda. Bu buyruqlar:

  • Tahririyat Hayʼati va Tahririyat Kengashi, Davlat farmakopeyasi kotibiyati, Ixtisoslashgan ekspert komissiyalari va ularni ishchi guruhlari tarkibi va nizomlarini takomillashtirishga
  • Davlat farmakopeyasining tegishli jildlari va ularning ilovalarini tasdiqlashga va amaliyotga joriy etishiga;
  • Davlat farmakopeyasining alohida monografiyalarini ishlab chiqishiga;
  • Haq toʻlash preyskurantlarni tasdiqlashga va boshqa dolzarb masalalar yechimiga qaratilgandir.