
Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish tizimi
2019-yil 3-may oyida chiqarilgan Sogʻliqni saqlash vazirligining «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini shakllantirish boʻyicha ishchi va ekspertlar guruhini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 115-son buyrugʻiga asosan Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish tizimi faoliyat olib bormoqda. Davlat Farmakopeyasini ishlab chiqish tizimi oʻz ichiga Tahririyat Hayʼati, Tahririyat Kengashi, Davlat farmakopeyasi Kotibiyati, 11 ta Ixtisoslashgan ekspert komissiyalari va ularning ishchi guruhlarini qamrab olgan. Umuman olganda, tizimning tegishli boʻgʻimlariga jami 200 ga yaqin farmatsevtika va unga aloqador sohalarda faoliyat yuritayotgan atoqli olimlar va yuqori malakali mutaxassislar jalb etilgan.
Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish
agentligining 2019-yil 17-iyuldagi 24-son buyrug'i
O'zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini nashrga (qayta nashrga) tayyorlash
tizimi
Tahririyat Hay'ati
Tahririyat Kengashi
Ixtisoslashgan ekspert komissiyalar
1. Tadqiqotlarning fizikaviy usullari va analitik uskunalar bo'yicha ixtisoslashgan ekspert komissiyasi
2. Tadqiqotlarning fizikaviy-kimyoviy usullari bo'yicha ixtisoslashgan ekspert komissiyasi
3. Dori vositalarini chinligi va miqdorini aniqlash sinovlari bo'yicha ixtisoslashgan ekspert komissiyasi
4. Biologik faollikni aniqlash usullari bo'yicha ixtisoslashgan ekspert komissiyasi
5. Biologik preparatlar va mikrobiologik tadqiqotlar bo'yicha ixtisoslashgan ekspert komissiyasi
6. Reaktivlar va analitik eritmalar bo'yicha ixtisoslashgan ekspert komissiyasi
7. Tibbiy buyumlar va qadoqlov materiallari bo'yicha ixtisoslashgan ekspert komissiyasi
8. Farmatsevtik tadqiqotlar bo'yicha ixtisoslashgan ekspert komissiyasi
9. Farmatsevtik-texnologiya tadqiqotlari bo'yicha ixtisoslashgan ekspert komissiyasi
10. Farmakognoziya tadqiqotlari bo'yicha ixtisoslashgan ekspert komissiyasi
11. Statistik tahlil va natijalarni matematik qayta ishlashning boshqa usullari bo'yicha ixtisoslashgan ekspert komissiyasi
Ilmiy tadqiqot institutlari. Oliy ta'lim muassasalari
Farmatsevtika va boshqa turdosh ishlab chiqarish korxonalari






